
ООО ELITA SUNIY IDROK MAKTABI
Elita maktabi — bolalarni kelajak kasblariga tayyorlaydigan zamonaviy xususiy maktab. Urgut filialimiz 2022-yildan beri faoliyat yuritadi va bugun u yerda 1000 dan ortiq o'quvchi o'qiydi. 2026-yil sentabrda Samarqand shahrida yangi filialimiz ochildi.
Ta'lim yo'nalishlarimiz
- Sun'iy intellekt (AI) va robototexnika — chuqurlashtirilgan dastur
- STEM va IT yo'nalishlari
- 4 ta chet tili: ingliz, rus, xitoy, yapon
- Cambridge xalqaro standartlari va Yaponiya metodikasi asosidagi ta'lim
- 1–8-sinflar, o'zbek va rus yo'nalishlarida
Nega biz bilan ishlash qulay
- Kichik sinflar — bir sinfda 22 tagacha o'quvchi. Ustoz har bolaga ulguradi
- Zamonaviy baza — yangi bino, jihozlangan IT va robototexnika xonalari
- Rasmiy ishga joylashtirish va barqaror ish haqi
- Kasbiy o'sish — o'qituvchilar uchun malaka oshirish va sertifikatsiya dasturlari
- Qo'llab-quvvatlovchi muhit — psixolog, logoped, shifokor bilan birgalikda ishlaysiz
- Ovqatlanish — xodimlar uchun halol issiq ovqat
- Yosh va faol jamoa, ochiq muloqot madaniyati
Biz qanday mutaxassislarni qidiramiz?
Ishini sevadigan, bolalar bilan ishlashni biladigan va o'z ustida ishlashga tayyor insonlar. Tajriba muhim, lekin biz uchun eng muhimi — munosabat va natijaga mas'uliyat.
Manzil:
Samarqand shahri, Yangi bozorni yonida.
Самарканд
Город
Образовательные учреждения
Сферы деятельности
Организация
Тип регистрации