
AQUA AGRO TECH
AQUA AGRO TECH 2020-yildan buyon O‘zbekistonda baliqchilik sohasi uchun mahsulotlar yetkazib berish va savdo yo‘nalishida faoliyat yuritadi.
Kompaniyamizning asosiy faoliyat yo‘nalishlari — baliqlar uchun yem, baliqchilik uskunalari, dori vositalari va vitaminlar savdosi. Yem mahsulotlari orasida, ayniqsa, sazan baliqlari uchun mo‘ljallangan yemlar asosiy o‘rin tutadi.
Biz Eronning Navroz Daneh yem ishlab chiqaruvchi zavodining O‘zbekistondagi eksklyuziv distribyutorimiz. Bundan tashqari, Eronning boshqa bir qator yem ishlab chiqaruvchi zavodlari hamda Xitoy ishlab chiqaruvchilarining baliq yemlarini ham import qilib, mijozlarimizga taklif etamiz. Bu orqali baliqchilik xo‘jaliklariga turli ishlab chiqaruvchilarning yem mahsulotlarini tanlash imkoniyatini taqdim etamiz.
Faoliyatimiz davomida O‘zbekistondagi 1 000 dan ortiq baliqchilik xo‘jaliklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy bozorimiz O‘zbekiston bo‘lsa-da, mahsulotlarimiz Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham eksport qilinadi.
Biz sifat va maqbul narxni faoliyatimizning muhim tamoyillari deb bilamiz. Bundan tashqari, mijozlarga baliqchilik yo‘nalishida konsultatsiya berib, ularning ehtiyojlariga mos mahsulotlarni tanlashda ko‘maklashamiz.