Фонд YOU.English

Ташкент
Сферы деятельности

Образовательные учреждения

Фонд YOU.English

YOU.English - bu Xalq ta’limi vazirligi (XTV) va Ziyo Forum hamkorligidagi yangi qiziqarli loyiha. Loyiha eng yaxshi bitiruvchilarni Yurtimizning chekka hududlarida ingliz tilidan ta’lim berish uchun jalb qiladi. Bunday sarguzashtlar uchun ishtirokchilarga yuqori ish haqi, yashash xarajatlarini qoplash va mukofotlar, IELTS sertifikatini olishda ko‘mak beriladi. Shuningdek, ishtirokchilarga maxsus shaxsiy kompyuterlar va malakali mutaxassislardan yangi metodologiyalar taqdim etiladi. Statistikaga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 10 008 ta maktab mavjud bo‘lib, ushbu maktablarda 6 236 751 ta malakali pedagoglarga muhtoj o‘quvchilar bor. YOU.English - bu dastur ta’lim yordamida mamlakatni rivojlantirishni istovchilar uchun. Biz sizga islohotlarni o‘z qo‘lingiz bilan amalga oshirishni taklif etamiz! Ushbu yoz davomida tanlov o‘tkaziladi va yangi metodologiyalar bo‘yicha tayyorgarlik olib boriladi. Eng yaxshi 100 talik ta’lim berish uchun yuboriladi‍ Arizalar 20-iyulga qadar davom etadi❗️ Batafsil ma’lumot uchun you.ustozfondi.uz saytiga o‘ting.

https://you.ustozfondi.uz/
Компания не разместила информацию об открытых вакансиях.