IMKON TRADE SENTR

ООО IMKON TRADE SENTR

IMKON savdo markazlari tarmog‘i o‘z faoliyatini 2012-yil 23-may kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ilk filialini ochish bilan boshlagan. Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab 11 ta viloyatda 51 ta faol filialga ega.

IMKON — bu shunchaki savdo tarmog‘i emas, balki barqaror ish o‘rni, professional rivojlanish va jamoaviy o‘sish maydonidir. Kompaniyada har bir xodimning hissasi qadrlanadi, tashabbus va mas’uliyat esa rag‘batlantiriladi.

“Oilaviy taraqiyot sari” shiori ostida faoliyat yurituvchi IMKON savdo markazlari aholiga 5 000 dan ortiq turdagi mahsulotlarni — yirik va mayda maishiy texnika, sport anjomlari, idish-tovoqlar hamda mebel mahsulotlarini taklif etadi. Shu bilan birga, kompaniya mijozlar bilan bir qatorda o‘z xodimlari uchun ham qulay va barqaror muhit yaratishga alohida e’tibor qaratadi.

IMKON jamoasi — bu doimiy o‘rganish, ichki o‘sish imkoniyatlari, korporativ madaniyat va uzoq muddatli hamkorlikni qadrlaydigan jamoa. Biz birgalikda rivojlanishga, natijaga yo‘naltirilgan ishlashga va har bir xodimning salohiyatini ochishga intilamiz.



 
Риштан
Город
Услуги для населения
Сферы деятельности
Организация
Тип регистрации