Rus tili, Ingliz tili va Matematika o’qitish bilan shug’ullanamiz. Faoliyatimizga 5 yil bo’ldi va shu vaqt ichida 1.500 dan ortiq insonga ilm ulashdik.
Biz oʻz jamoamizga natija uchun ishlashga va tashkilotimizni rivojlantirishda faol ishtirok etishga tayyor boʻlgan offis menedjeri (adminstrator) qidirmoqdamiz.
Nega vokansiya ochildi?
Bu yilgi maqsadimiz O’quv markazimizni to’liq tizimlashtirish, savdoni 3x oshirish, yanada ko’proq insonlarga ilm ulashish. Shuning uchun biz rivojlanishni xohlovchi, yangiliklarga ochiq kuchli jamoani shakllantiryapmiz.
Biznes jarayonini tashkil etish va tartibga solish tajribasi mamnuniyat bilan qabul qilinadi;
Agar sizda Sotuv, Menejment, Boshqaruv , Tizimlashtirish yoki HR bo’yicha bilim va tajribangiz bo’lsa, ishga olinishda ustunlikka ega bo’lasiz.
Biz bilan ishlasangiz siz nimalarga ega bo’lasiz?
*Shaffof ish haqi tizimi.FIKSA+KPI+Bonus. Suhbatda kelishiladi, belgilangan reja ko’rsatkichini bajarganda ushbu pozitsiyadagi o’rtacha oylik daromad 4,000,000 dan oshadi;
*Kompaniyada o'sish imkoniyati;
*Ish jadvali dushanba-shanba 09:00-20:00 gacha tushlik tanaffusi bilan;
*Yosh jamoa, xodimlarning o’rtacha Yoshi 30 yosh;
*Shahar markazidagi qulay joylashuv. Novza, Yunusobod, Sergeli Metro yonida;
*Adekvat rahbariyat: savol tug’ilsa to’g’ridan to’g’ri so’rashingiz mumkin.
Ishda nima bilan shug’ullanasiz?
*Asosiysi- Ofisda barcha ishlar joy-joyida bo’lishini ta’minlash;
*Mijozlarni kutib olish va guruhlarga joylashtirish;
*Mijozlar bilan dastlabgi suhbat va kurslar taqdimotini o’tkazish;
*Mijozlar bilan muntazam aloqada bo’lish va keyingi to’lovlarni nazorat qilish;
*Offisdagi barcha operatsion jarayonlarni mustaqil boshqarish.
Kimlarni ko’rishni istaymiz?
*Adminstratsiya (boshqaruv) sohasida kamida 6 oy ishlagan va sotish qobiliyatiga ega bo’lsangiz;
*Sizda yozma va og’zaki nutq a’lo darajada va jamoa bilan tez til topishib ketish qobiliyatingiz bo’lsa;
*Agar sizga insonlar bilan suhbatlashish yoqsa;
*Mas’uliyat va tirishqoqlik fazilatiga ega bo’lsangiz;
*Boshqaruvchilik va tashkilotchilik koʻnikmasi, yetakchilik qobiliyati;
*Yaxshi daromad topishni xohlasangiz.
Bu taklif aynan siz uchun!
Ключевые навыки
- Организаторские навыки
- Навыки межличностного общения
- B2C продажи
- Активные продажи
- SPIN-продажи