🎯 BUYUK ZAMON REKRUTER IZLAMOQDA — TALANTLARNI TOPA OLASIZMI?
Yuzlab odam orasidan aynan kerakli insonni topish sizga qiziqmi? 🔥
Bizga shunchaki CV yig‘ib beradigan xodim emas, to‘g‘ri odamni topib, uni jamoaga olib kira oladigan rekruter kerak.
Sizning topgan nomzodingiz kompaniyaning keyingi kuchli xodimiga aylanishi mumkin.
🎯 Sizning vazifalaringiz:
- Kompaniyadagi mavjud va yangi vakansiyalar uchun nomzodlarni izlash;
- Turli manbalardan kuchli kandidatlarni topish va jalb qilish;
- Kelib tushgan rezyumelarni saralash;
- Nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanish;
- Birlamchi suhbatlarni o‘tkazish;
- Nomzodning lavozimga mosligini baholash;
- Eng yaxshi kandidatlarni rahbarlarga taqdim etish;
- Nomzodlar bazasini yuritish;
- Ishga qabul qilish jarayonini oxirigacha nazorat qilish.
🔥 Biz aynan kimni qidiryapmiz?
Tajriba bo‘lsa — katta ustunlik.
Tajriba bo‘lmasa ham — muammo emas.
Bizga:
- Odamlar bilan tez aloqa o‘rnata oladigan;
- Ko‘p odam bilan gaplashishdan charchamaydigan;
- Diqqatli va kuzatuvchan;
- To‘g‘ri savol bera oladigan;
- Odamning salohiyatini ko‘ra oladigan;
- Faol va energiyaga boy;
- Natijaga intiladigan;
- Yangi narsalarni tez o‘rganadigan inson kerak.
O‘zbek tili — majburiy.
Rus tili —Ustunlik beriladi.
💰 Daromadingiz ham natijangizga bog‘liq!
Bizda faqat “oylik oldim — bo‘ldi” degan tizim emas.
Ko‘proq vakansiya yopdingiz → ko‘proq KPI oldingiz.
Tezroq va sifatliroq nomzod topdingiz → daromadingiz oshadi.
Ya’ni sizning natijangiz daromadingizga bevosita ta’sir qiladi. 🚀
🎓 Biz sizga nima beramiz?
- Rekrutment bo‘yicha amaliy o‘qitish;
- Kompaniya ichidagi HR jarayonlarini o‘rganish imkoniyati;
- 📈 Rekruter → Senior Recruiter → HR Team Lead → HR rahbari kabi o‘sish imkoniyati;
- 💰 FIX + KPI;
- Kuchli va faol jamoa.
❌ Bu ish sizga mos emas, agar:
“Nomzod topish qiyin ekan.”
“10 ta odam telefonini ko‘tarmadi, ishlamayman.”
“Menga faqat tayyor nomzod bering.”
✅ Bu ish siz uchun, agar:
“Kerakli odamni topmagunimcha to‘xtamayman.”
“Men odamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman.”
“Men kuchli jamoa qurishda ishtirok etmoqchiman.”
“Natijam oshsa, daromadim ham oshishini xohlayman.”
📍 Shartlar:
Ish grafigi: 6/1, 10:00–19:00
Daromad: FIX + KPI
Lavozim: Rekruter
Kompaniya: BUYUK ZAMON
🔥 Yaxshi rekruter vakansiyani yopmaydi — yaxshi rekruter kompaniyaga kerakli odamni olib keladi.
Agar siz odamlar orasidan “o‘sha kerakli insonni” topa olishingizga ishonsangiz — rezyumeni yuboring!
Ключевые навыки
- Узбекский — C2 — В совершенстве
- Русский — C2 — В совершенстве