(Videograf / Video Montajchi / Grafik Dizayner)
ASIA TECHNO GROUP jamoasiga videografiya, professional video montaj va grafik dizayn ko‘nikmalarini birlashtira oladigan Kreativ Kontent Prodyuser izlayapmiz.
Bizga shunchaki videoga oladigan xodim emas, balki g‘oyani ishlab chiqishdan tortib, professional syomka, montaj, grafik dizayn, reklama kreativlarini tayyorlash va tayyor kontentni tegishli platformalarga joylashtirishgacha bo‘lgan jarayonni mustaqil olib bora oladigan professional kreativ mutaxassis kerak.
📌 ASOSIY VAZIFALAR
- Professional foto va video syomka jarayonlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
- Reels, Posts, Stories, YouTube va boshqa platformalar uchun video kontent yaratish;
- Videolarni professional darajada montaj qilish;
- Video uchun kreativ ssenariylar va vizual yechimlar ishlab chiqish;
- Motion Graphics, animatsiya, titrlar va boshqa vizual effektlardan foydalanish;
- Instagram, YouTube va boshqa raqamli platformalar uchun grafik kontent yaratish;
- OLX.uz, korporativ veb-sayt va boshqa platformalar uchun zamonaviy, kreativ va sotuvga yo‘naltirilgan reklama materiallarini ishlab chiqish, yangilash va optimallashtirish;
- Reklama bannerlari, postlar, prezentatsiyalar, kataloglar, tijoriy takliflar shablonlari va boshqa dizayn materiallarini yaratish;
- Kompaniyaning yagona brend uslubiga mos vizual kontent ishlab chiqish;
- Tayyorlangan kreativ kontentlarni kompaniyaning tegishli raqamli platformalariga o‘z vaqtida va belgilangan formatlarda joylashtirib borish;
- Kontentlarni belgilangan "deadline"larga qat’iy rioya qilgan holda tezkor va yuqori sifatda tayyorlash;
- Kontent sifatini, kreativligini va samaradorligini zamonaviy trendlar asosida doimiy takomillashtirib borish;
- Kontent yaratish jarayonida yangi kreativ g‘oyalar va vizual yechimlarni taklif qilish.
🎯 NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
- Videografiya va professional video syomka bo‘yicha 5+ yillik amaliy tajriba;
- Adobe Premiere Pro, Adobe After Effects, DaVinci Resolve yoki boshqa professional video montaj dasturlarini yaxshi bilish;
- Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, CorelDRAW va/yoki boshqa grafik dizayn dasturlarini yaxshi bilish;
- Kamera, obyektiv, yorug‘lik va audio uskunalari bilan professional ishlashni tushunish;
- Kompozitsiya, rang, kadr va Visual Storytelling asoslarini bilish;
- Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar uchun zamonaviy kontent formatlarini yaxshi tushunish;
- Kreativ fikrlash va mustaqil ravishda yangi g‘oyalar taklif qila olish;
- Vazifalarni mustaqil rejalashtirish va boshidan oxirigacha sifatli bajarish;
- "Deadline"larga qat’iy rioya qilish va topshiriqlarni o‘z vaqtida yakunlash;
- Tezkor ishlash, bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalarni boshqara olish;
- Mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish;
- Ishga mas’uliyatli, tartibli va professional yondashish;
- Belgilangan vazifalar va yakuniy natija uchun shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
- Oyiga 2 martagacha O‘zbekiston Respublikasi hududlari yoki xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga chiqishga tayyor bo‘lish;
- Xizmat safarlari davomida professional foto va video syomkalarni mustaqil tashkil etish va amalga oshira olish;
- Portfolio mavjud bo‘lishi shart.
⭐ QO‘SHIMCHA AFZALLIKLAR
Quyidagi ko‘nikmalarga ega nomzodlarga ustunlik beriladi:
- Tijoriy va reklama loyihalarida ishlash tajribasi;
- Reels va boshqa Short-form Video Content yaratish tajribasi;
- Motion Design / 2D Animation ko‘nikmalari;
- YouTube uchun professional video kontent yaratish tajribasi;
- Marketing va reklama kontentini tushunish;
- Sotuvga yo‘naltirilgan reklama kreativlari yaratish tajribasi;
- Mahsulot va xizmatlarni vizual tarzda jozibador taqdim eta olish;
- Bir nechta format va platformalar uchun bitta kontentni moslashtira olish.
💰 BIZ TAKLIF QILAMIZ
💵 Oylik maosh: $1 500
- 📅 Ish kunlari: Dushanba – Shanba;
- ⏰ Ish vaqti: 09:00 – 18:00;
- 🍽 Bepul tushlik;
- 🏢 Professional va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash;
- 🎬 Turli xil kreativ, tijoriy va reklama loyihalarida ishlash;
- 📈 Kasbiy va kreativ rivojlanish imkoniyati;
- 🤝 Professional jamoa bilan ishlash;
- ✈️ O‘zbekiston bo‘ylab va xorijiy davlatlarga xizmat safarlarida ishtirok etish imkoniyati.
📍 ISH JOYI
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 239-uy
📩 QANDAY MUROJAAT QILISH MUMKIN?
Vakansiyaga murojaat qilayotganda CV va portfolio yuborishingizni so‘raymiz.
Portfolioingizda quyidagi ishlarni ko‘rsatishingiz tavsiya etiladi:
🎥 Video syomka | ✂️ Video montaj | 🎨 Grafik dizayn | 📱 Reels | 🎞 Motion Design | 📢 Reklama kreativlari
Agar siz professional syomka + video montaj + grafik dizayn + kreativ reklama kontenti yo‘nalishlarini birlashtira olsangiz va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lsangiz — ASIA TECHNO GROUP jamoasida sizni kutamiz
Ключевые навыки
- Adobe Photoshop
- Графический дизайн
- Производство рекламных материалов
- Видеомонтаж
- Видеосъемка
- Написание рекламных сценариев
- Adobe After Effect
- CorelDRAW
- Adobe Illustrator
- Умение работать в коллективе