Call-center savdo menejeri
Bio Solve kompaniyasi jamoasiga faol, muloqotga kirishuvchan va savdo sohasida rivojlanishni istaydigan savdo menejerlarini taklif qilamiz.
Bizda daromad bevosita natijangizga bog‘liq: qancha ko‘p sotsangiz, shuncha ko‘p daromad olasiz.
Vazifalar:
-
Qiziqish bildirgan mijozlar bilan telefon orqali bog‘lanish;
-
Mahsulotlar bo‘yicha professional konsultatsiya berish;
-
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash;
-
Mijoz bilan ishonchli muloqot o‘rnatish;
-
Sotuvni yakunlash;
-
Buyurtmalarni CRM tizimida rasmiylashtirish.
Talablar:
-
O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish;
-
Yaxshi kommunikativ va ishontirish ko‘nikmalari;
-
Faollik, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik;
-
Savdo sohasida rivojlanish va yuqori daromad topishga qiziqish;
-
Savdo tajribasi bo‘lmagan nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi;
-
Talabalar ham qabul qilinadi, faqat sirtqi ta’lim shaklida.
Ish sharoitlari:
-
Ish jadvali: 2/2;
-
Ish vaqti: 09:00–21:00;
-
Daromad: 7 000 000 – 20 000 000+ so‘m;
-
Har bir sotuvdan foiz;
-
Daromad bo‘yicha yuqori chegara mavjud emas;
-
Zamonaviy va qulay ofis;
-
Qulay oshxona;
-
150+ xodimdan iborat call-center;
-
Bepul trening va tajribali mentor;
-
Karyera o‘sishi imkoniyati;
-
Yosh va professional jamoa.
Nima uchun Bio Solve?
Siz tayyor qiziqish bildirgan mijozlar bilan ishlaysiz va mijozlarni noldan izlash bilan shug‘ullanmaysiz.
Kompaniyada yangi xodimlar uchun trening va moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Tajribali mentorlar savdo jarayonida sizga yordam beradi.
Yuqori natija ko‘rsatayotgan xodimlarimiz 9 000 000 – 15 000 000 so‘m va undan yuqori daromad olishmoqda.
Ish joyi: Toshkent shahri, Hamid Olimjon metro bekati yaqinida.
Agar siz savdo sohasida rivojlanishni, kuchli jamoada ishlashni va daromadingizni o‘z natijangiz orqali oshirishni istasangiz — rezyumengizni yuboring!
Ключевые навыки
- Умение работать в коллективе
- Продажа услуг контактного центра
- Деловое общение
- Обучение и развитие
- Телефонные переговоры
- Навыки продаж
- Развитие продаж
- Активные продажи
- Работа с большим объемом информации
- Управление продажами