HR sohasida karyerangizni boshlang!
HR sohasida ishlashni xohlaysizmi, lekin tajribangiz yo‘qmi?
Muammo emas! Biz sizga HR sohasini amaliy tarzda o‘rgatamiz va o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng kompaniyamizda doimiy xodim sifatida ishga qabul qilamiz.
📚 SIZ NIMALARNI O‘RGANASIZ?
O‘quv va amaliyot davomida:
HR Recruiter yo‘nalishi:
- Vakansiyalar bilan ishlash;
- Nomzodlarni qidirish va saralash;
- Nomzodlar bilan telefon orqali muloqot;
- Intervyu tashkil qilish va o‘tkazish;
- Nomzodlar bazasini yuritish;
- Rekruting jarayonini boshqarish.
HR Manager yo‘nalishi:
- Xodimlarni ishga qabul qilish;
- Onboarding va adaptatsiya;
- Xodimlar bilan ishlash;
- HR hujjatlari bilan ishlash;
- KPI va motivatsiya tizimlari;
- Xodimlar faoliyatini nazorat qilish;
- HR jarayonlarini tashkil qilish va tizimlashtirish.
⏰ ISH VA O‘RGANISH TARTIBI
Ish vaqti: 09:00 – 18:00
O‘rganish muddati: 3 haftadan 2 oygacha.
O‘rganish muddati har bir nomzodning o‘zlashtirish tezligi, topshiriqlarni bajarish sifati va mustaqil ishlash darajasiga qarab belgilanadi.
💰 O‘RGANISHDAN KEYIN
O‘quv va amaliyot jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan nomzod kompaniyada doimiy xodim sifatida ishga qabul qilinadi.
Oylik: 3 000 000 – 8 000 000 so‘mgacha.
Maosh xodimning bilim va ko‘nikmalari, bajaradigan vazifalari, mas’uliyati hamda ish natijalariga qarab belgilanadi.
👤 NOMZODGA TALABLAR
Tajriba va tayyor HR ko‘nikmalari bo‘lmasa ham qabul qilamiz!
Biz uchun quyidagilar muhim:
- Odamlar bilan tez va yaxshi kirishisha olish;
- Muloqot qilish qobiliyati;
- O‘rganishga bo‘lgan kuchli xohish;
- Mas’uliyat va intizom;
- Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
- Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish;
- Jamoada ishlay olish;
- Microsoft Word, Excel va PowerPoint dasturlarida ishlay olish.
⭐ QO‘SHIMCHA AFZALLIK
Rus tilini bilish — katta ustunlik.
Rus tilini bilishingiz HR jarayonlarida turli nomzodlar va xodimlar bilan muloqot qilishda, hujjatlar bilan ishlashda hamda professional rivojlanishingizda foydali bo‘ladi.
📈 KARYERA O‘SISHI
HR Assistant → HR Recruiter → HR Manager → Senior HR Manager
Sizga tayyor tajribali xodim bo‘lish sharti qo‘yilmaydi.
Siz o‘rganasiz → amalda bajarasiz → natija ko‘rsatasiz → kompaniyada rivojlanasiz.
📩 HR sohasida karyerangizni boshlashni istasangiz, rezyumeni yuboring!