B2B Sales Manager | DATA365 🚀
💰 Maosh: 4 000 000 – 10 000 000 so‘m
📅 Ish grafigi: 6/1
DATA365 — IT sohasida faoliyat yurituvchi va bizneslar uchun zamonaviy texnologik yechimlar taqdim etuvchi kompaniya.
Jamoamizga B2B Sales Manager izlayapmiz. Agar siz biznes mijozlar bilan ishlashni, muzokaralar olib borishni va natijaga yo‘naltirilgan savdoni yaxshi ko‘rsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
🎯 Sizning vazifalaringiz:
• Potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish va muzokaralar olib borish
• Biznes egalari va kompaniyalarning qaror qabul qiluvchi shaxslari bilan ishlash
• IT xizmatlari va yechimlarini mijoz ehtiyojiga mos ravishda taqdim etish
• Lead'larni birinchi kontaktdan uchrashuvgacha olib borish
• Mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish
• Yangi biznes imkoniyatlarini aniqlash va mijozlar bazasini kengaytirish
• CRM tizimida mijozlar va savdo jarayonlarini yuritish
• Belgilangan oylik va choraklik savdo rejalarini bajarish
🔎 Biz kimni qidiryapmiz?
• B2B Sales sohasida kamida 1 yil tajribaga ega bo‘lish
• Biznes egalari va qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish
• Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish
• Sotuv texnikalarini yaxshi tushunish
• Maqsadga yo‘naltirilgan va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish
• Proaktiv va tashabbuskor bo‘lish
• Taqdimot qilish va ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lish
• CRM tizimlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish — katta ustunlik
• O‘zbek tilini yaxshi bilish
• Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish
• Rus tilini kamida B2 darajada bilish
💼 Bizdagi imkoniyatlar:
• Zamonaviy va shinam ish muhiti
• Professional va shaxsiy o‘sish imkoniyati
• IT sohasida rivojlanish va yirik B2B loyihalar bilan ishlash
• Natijaga asoslangan bonus tizimi
• Karyera rivojlanishi uchun imkoniyat
• Zamonaviy IT mahsulotlari va xizmatlari bilan ishlash
🚀 DATA365 jamoasiga qo‘shiling va birgalikda o‘sing!
Ключевые навыки
- Английский язык