Vazifalar:
-
Call-center (marketing) orqali kelib tushgan "qaynoq" mijozlar (leadlar) bilan ofisda yoki onlayn (Zoom/telefon) to'laqonli suhbat o'tkazish;
-
Fuqarolarga xorijdagi (Germaniya, Xorvatiya, Turkiya va boshqalar) bo'sh ish o'rinlari, ularning shartlari va kompaniyaning xizmat paketlarini tushuntirish;
-
Nomzodlar bilan rasmiy maslahat shartnomalarini tuzish va birlamchi to'lovlarni amalga oshirishlarini ta'minlash;
-
Mijozning barcha zaruriy hujjatlarini (pasport, rezyume/CV, sudlanmaganlik ma'lumotnomasi) yig'ib, to'liq shakllantirilgan "Nomzod fayli"ni xalqaro koordinatorlarga uzatish;
-
CRM tizimida barcha ma'lumotlarni o'z vaqtida, to'g'ri qayd etish hamda kunlik va oylik shaxsiy sotuv rejalarini (KPI) bajarish.
Talablar:
-
Sotuv (B2C), xizmat ko'rsatish yoki konsalting (shu jumladan ta'lim yoki rekruting agentliklarida) sohasida kamida 1-2 yillik amaliy tajriba;
-
Odamlar bilan tez til topisha olish, ishontirish va har qanday e'tirozlar bilan (obrabotka vozrajeniye) professional ishlay olish qobiliyati;
-
O'zbek tilida mukammal, ravon muloqot qilish;
-
Kompyuterda ishlash, CRM tizimlari (Bitrix24, AmoCRM) hamda MS Office dasturlarini bilish;
-
Pul topishga ishtiyoqi baland, halol, maqsadga yo'naltirilgan va mas'uliyatli bo'lish.
Shartlar:
-
Daromad: 4 000 000 so'm (Kafolatlangan fiks oylik) + har bir imzolangan shartnoma hamda xorijga jo'nab ketgan mijozdan yuqori KPI bonuslar (O'rtacha daromad 10 000 000 – 15 000 000 so'mgacha yetishi mumkin) (suhbat jarayonida yana aniqlashtiriladi);
-
Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
-
Ish joyi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida joylashgan zamonaviy, shinam ofis;
-
Rasmiylashtirish: Qonunchilik doirasida rasmiy mehnat (yoki fuqarolik-huquqiy) shartnomasi asosida ishga qabul qilish;
-
Yosh va g'ayratli jamoada ishlash hamda xalqaro rekruting sohasida kuchli mutaxassis bo'lib yetishish imkoniyati.
Ключевые навыки
- Деловая коммуникация
- Организаторские навыки
- Планирование продаж
- Продвижение бренда