Operator call center

от 4 000 000 до 5 000 000 so'm за месяц на руки
Выплаты:
раз в месяц
Опыт работы:
1–3 года
Тип занятости
Полная занятость
Оформление:
  • Договор ГПХ с самозанятым
График:
6/1
Рабочие часы:
8
Формат работы:
на месте работодателя
Напишите телефон, чтобы работодатель мог связаться с вами
Нажимая «Продолжить», вы подтверждаете, что ознакомлены, полностью согласны и принимаете условия «соглашения»

Kompaniya: Munosal Holding
Ish joyi: Ofis, masofaviy.
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Ish grafigi: Haftasiga 7 kunlik ish tartibi, smena asosida navbat bilan dam olish.

Biz haqimizda

Farmatsevtika kompaniyamiz Call-markaz bo‘limini kengaytirishi munosabati bilan jamoamizga mas’uliyatli, kirishimli va faol Call-markaz operatorlarini ishga taklif qilamiz.

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, kompyuterda erkin ishlaydigan va o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashadigan xodimlarni izlayapmiz.

Asosiy vazifalar

  • Instagram va boshqa reklama kanallaridan kelib tushgan mijozlar murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash.

  • Yangi mijozlar bilan telefon orqali bog‘lanish.

  • Instagram Direct va messenjerlardagi murojaatlarga javob berish.

  • Mijozlarga kompaniya mahsulotlari haqida ma’lumot berish.

  • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash.

  • Mahsulotlarni taqdim etish va xarid qilish bo‘yicha maslahat berish.

  • Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan ishlash.

  • Potensial mijozlarni buyurtma rasmiylashtirishgacha olib borish.

  • Buyurtmalarni rasmiylashtirish va tegishli bo‘limlarga topshirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • Kompyuterdan ilg‘or darajada foydalana olish.

  • O‘zbek va rus tillarida ravon, savodli va tushunarli so‘zlashish.

  • Telefon orqali mijozlar bilan professional muloqot qila olish.

  • Mas’uliyatli, intizomli va xushmuomala bo‘lish.

  • Yangi ma’lumotlarni tez o‘zlashtirish.

  • Jamoada ishlay olish.

  • Savdo va mijozlar bilan ishlashga qiziqish.

Qo‘shimcha ustunliklar

  • Farmatsevtika kompaniyasida yoki farmatsevtika sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish.

  • Rus tilida erkin muloqot qila olish.

Ish sharoitlari va ish haqi

Oylik ish haqi:

  • 4 000 000 so‘m — asosiy talablar asosida ishga qabul qilingan xodimlar uchun.

  • 5 000 000 so‘m — farmatsevtika sohasida tajribaga ega va rus tilini biladigan nomzodlar uchun.

Ish tartibi:

  • Ish vaqti: 09:00 – 18:00.

  • Haftasiga 7 kunlik ish faoliyati, xodimlar o‘rtasida navbatma-navbat dam olish kunlari belgilanadi.

  • Dam olish kunlari ish jadvali asosida taqsimlanadi.

Biz taklif qilamiz

  • Farmatsevtika sohasida professional rivojlanish imkoniyati.

  • Mahsulotlar va ish jarayonlari bo‘yicha o‘qitish.

  • Tajribali jamoa bilan ishlash.

  • Barqaror oylik daromad.

  • Savdo natijalariga qarab qo‘shimcha rag‘batlantirish imkoniyati. KPI.

  • Kelgusida lavozim va daromad bo‘yicha o‘sish imkoniyati.

Sinov muddati

  • Sinov muddati: 2 hafta.

  • Ushbu davrda xodimning bilimlari, muloqot qobiliyati, ishga moslashuvi va vazifalarni bajarish sifati baholanadi.

  • Sinov muddati yakunida xodimning natijalariga qarab keyingi hamkorlik masalasi hal qilinadi.

Bizga qo‘shiling!

Agar siz kompyuterda yaxshi ishlasangiz, o‘zbek tilida ravon so‘zlashsangiz va mijozlar bilan ishlashga qiziqsangiz, rezyumeyingizni yuboring.

Biz sizni jamoamizda kutib qolamiz!

Ключевые навыки

  • Русский — B1 — Средний
  • Узбекский — C2 — В совершенстве

Контакты

Задайте вопрос работодателю

Он получит его с откликом на вакансию

Где предстоит работать

Ташкентский район, махаллинский сход граждан Сабзавот, 3-й тупик Ихлос
Вакансия опубликована в Ташкенте