Menta haqida
Menta — onlayn maktab, ekspert va o’quv markazlarga o’z brendi ostida onlayn ta’lim platformasini ishga tushirishga yordam beradigan O’zbekiston SaaS kompaniyasi. Biz o’sish bosqichidamiz va sotuv jamoasini kengaytiryapmiz.
Nima qilasiz
- Potensial mijozlar bilan ishlaysiz: aloqaga chiqasiz, ehtiyojini aniqlaysiz va Menta’ni taqdim etasiz.
- Mijozni qaror qabul qilishgacha olib borasiz va bitimlarni yopasiz.
- Mijozlar bilan aloqani CRM’da yuritasiz va sotuv natijalariga javob berasiz.
Biz kutamiz
- Sotuvda kamida 6 oy tajriba (B2B yoki SaaS/EdTech bo’lsa afzallik).
- Qo’ng’iroq va yozishma orqali sotish ko’nikmasi, e’tirozlar bilan ishlash.
- O’zbek tilida erkin, rus tilida ravon gapirish.
- CRM bilan ishlashga tayyorlik.
- Natijaga yo’naltirganlik va mas’uliyat.
Biz taklif qilamiz
- Maosh: fiks 3 000 000 so’m + sotuvdan foiz (o'rtacha 10 mln so'm oyiga)
- Ish jadvali: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.
- Ish joyi: Toshkent, ofisda.
- Kichik jamoa, tezkor qarorlar va mahsulot bilan birga o’sish imkoniyati.
Ключевые навыки
- B2B Продажи
- EdTech
- amoCRM
Где предстоит работать
Ташкент
Вакансия опубликована в Ташкенте