🔥 BUYUK ZAMON KOMPANIYASIGA SAVDO MENEJERI KERAK!
Daromad natijangizga bog‘liq — yuqori daromad imkoniyati!
Buyuk Zamon kompaniyasi savdo bo‘limini kengaytirmoqda va mijozlar bilan samarali ishlay oladigan, natijaga intiluvchan Savdo menejerlarini jamoamizga taklif qiladi.
Agar siz muloqot qilishni yoqtirsangiz, muzokaralar olib borishga qiziqsangiz va o‘z daromadingizni natijangiz orqali oshirishni istasangiz, biz sizni jamoamizda kutamiz!
💼 ASOSIY VAZIFALAR:
-
Kompaniyaga kelib tushadigan tayyor mijozlar murojaatlari bilan ishlash (sovuq qo‘ng‘iroqlar mavjud emas).
-
Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos xizmatlarni taklif qilish.
-
Mahsulot va xizmatlar bo‘yicha professional maslahat hamda taqdimotlar o‘tkazish.
-
Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan samarali ishlash.
-
Muzokaralar olib borish va savdo bitimlarini muvaffaqiyatli yakunlash.
-
Mijozlar bilan aloqani saqlash va sotuv jarayonini oxirigacha kuzatib borish.
-
Bitrix 24 tizimida mijozlar bazasini yuritish va ish natijalarini qayd etish.
-
Belgilangan savdo rejasi va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
🎯 NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
-
O‘zbek tilida ravon va tushunarli muloqot qila olish.
-
Muloqotga kirishuvchanlik va mijozlar bilan tez til topisha olish.
-
Ishontirish, muzokara olib borish va taqdimot qilish qobiliyati.
-
Maqsadga yo‘naltirilganlik va yuqori natijalarga erishishga intilish.
-
Mas’uliyat, intizom va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.
-
Faol ish muhitida ishlashga va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlik.
Savdo sohasidagi tajriba ustunlik beradi, ammo majburiy emas. Tajribasiz nomzodlar uchun ham o‘qitish va amaliy tayyorgarlik taqdim etiladi.
💰 BIZ TAKLIF QILAMIZ:
-
Ish haqi: Fiks oylik + KPI + sotuvdan foiz.
-
Natijalarga qarab oshib boruvchi daromad va yuqori daromad olish imkoniyati.
-
Kompaniya mahsulotlari va savdo texnikalari bo‘yicha professional o‘qitish.
-
Tajribali mutaxassislar tomonidan mentorlik va amaliy yordam.
-
Tizimli adaptatsiya va faoliyat davomida rahbar tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
-
Natijador xodimlar uchun karyera o‘sishi: Savdo menejeri → Katta savdo menejeri → ROP (savdo bo‘limi rahbari).
-
Professional va hamkorlikka asoslangan jamoada ishlash.
🕒 ISH SHAROITLARI:
-
Ish grafigi: 6/1.
-
1-smena: 10:00 – 19:00.
-
2-smena: 14:00 – 21:00
-
Ish joyi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, SAMPI savdo markazi.
📩 BIZNING JAMOAGA QO‘SHILING!
Agar o‘z salohiyatingizni namoyon etishga, professional rivojlanishga va yuqori natijalarga erishishga tayyor bo‘lsangiz, rezyumeingizni yuboring.
Buyuk Zamon — imkoniyatlar va natijalar sari birgalikda!
Ключевые навыки
- Продажи
- Навыки продаж
- Работа с клиентами
- Ведение переговоров
- Обработка входящих заявок
- Презентация продукта
- Консультирование клиентов
- Телефонные переговоры
- Клиентоориентированность
- Выполнение плана продаж
- Деловая коммуникация
- Узбекский язык
- Работа с CRM
- Узбекский — C2 — В совершенстве